Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Joriy yilning 10-may kuni Milliy markazda Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmmetrik tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti boshligʻi Diana Abdumuminova…

Joriy yilning 10-may kuni Milliy markazda Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmmetrik tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti boshligʻi Diana Abdumuminova…
ishtirokida "Xalqaro maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish vositalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi. ⌛Seminar-trening davomida Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalari, respublika hamda xalqaro ilmiy jurnallar boʻyicha maʼlumotlar taqdimoti namoyish etildi. Shuningdek, ilmiy maqola chop etishda sifatli ilmiy jurnallarni tanlash, talablariga mos keladigan maqolalar chop etish, tahlil etish va soxta jurnallarni sifatli jurnallardan qanday ajratish boʻyicha maʼlumotlar berildi. Maʼruza davomida LinkedIn va Researchgate kabi professional ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻzlarining ish natijalarini ulashish imkoniyatlari hamda H-indeksi yuqorilash imkoniyatlari haqida koʻrsatmalar berildi. Seminar soʻngida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi. Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling: WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.