Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jaxonda

Jaxonda
Minichromosoma Texnologiyasi 2023 yil qishloq xo'jaligida minichromosoma texnologiyasidan foydalanish jaxon sanoatidagi an’ananalarni o‘zgartirishi kutilmoqda deb yozmoqda https://en.agrogoln.com/10-emerging-technology-trends-in-agriculture/ sayti. Ushbu texnologiya faqat kerakli genlarni o'z ichiga olgan kichik, sintetik xromosomalarni yaratishni o'z ichiga oladi. Ular kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi va ozuqaviy qiymati kabi xususiyatlarini yaxshilash uchun o'simliklarga kiritilishi mumkin. Ushbu texnologiyadan boshqa turlarning genlarini kiritish uchun ham foydalansa bo‘ladi, deya ta’kidlangan maqolada. Bu esa ekinlarning qurg'oqchilik, zararkunandalar va kasalliklar kabi ekologik stresslarga chidamliligini oshirishga yordam beradi. Qishloq xo'jaligida minixromosoma texnologiyasidan foydalanishning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u o'simliklarning genomiga kerakli genlarni ularning mavjud genetik tarkibini buzmasdan aniq kiritish imkonini yaratadi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.