Jarayon

Urug‘lik paxta zaxiralari saqlanishi bo‘yicha monitoring tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi topshirig‘iga muvofiq, mamlakat bo‘ylab urug‘lik paxtani saqlash va qayta ishlash jarayonlari bo‘yicha monitoring ishlari borilmoqda.Navbatdagi monitoring jarayonlari Buxoro viloyatida 2025 yil hosili uchun jamg‘arilgan urug‘lik paxta xomashyosining saqlanish holatini o‘rganish bilan davom etdi.
Mutaxassislar o'rganishlar davomida Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Buxoro Agroklaster qarashli "Kumushkent" paxta qabul qilish maskani "6-g‘aramda mehnat-14 navidan zahira fondga 155,8 tn" jamg'arilgan urug'lik paxta xomashyosi saqlanishi jarayonlari bilan tanishdi.
Ishchi guruh vakillari klasterlar, fermer xo‘jaliklari va korxonalarda mavjud sharoitlar bilan tanish davomida g'aramlar ostida maxsus tunnellar tashkil etilgani, qirqish–tarash ishlari o‘z vaqtida bajarilgani, g‘aramlar yangi brezent bilan yopilgani va shamollatish tizimlari o‘rnatilgani hamda korxonalarning ayrimlarida seleksion navlarning alohida ajratib saqlanishi va qayta ishlash jarayonlarining tasdiqlangan grafik asosida olib borilayotgani alohida ta'kidladi.
Olib borilayotgan monitoring jarayonlari, urug'lik saqlashdagi bunday choralar urug‘lik paxtaning sifatini saqlash va kelgusi ekin mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Web | Telegram | Facebook | Instagram