Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jarayon

Jarayon
ILMIY TEXNIK KENGASHNING NAVBATDAGI YIG'ILISHI Bugun Milliy markazda Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda  tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining 2023 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati yuzasidan hisobotlari ko‘rib chiqildi. Xususan, Sholichilik  hamda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutilari rahbarlari 2023-yilda erishgan natijalari haqida axborot berib, 2024-yilda amalga oshirish ko'zda tutilgan rejalar haqida Kengash a'zolarini tanishtirdi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlar doktorantlarining dissertasiya natijalari amaliyotga tatbiq etilganligini tasdiqlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar ham qanoatlantirilib, bu borada Milliy markaz bo'lim boshliqlarining axboroti tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq Milliy markazning ilmiy darajali xodimlari va ilmiy-tadqiqot instituti direktorlari lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risidagi masala ham Kengash a'zolari tomonidan ma'qullandi. Innovatsion rivojlanish agentligi “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” DUK tomonidan yuborilgan innovatsion loyihalarga xulosa berish to‘g‘risidagi murojaati ham qanoatlantirildi. Kengash yig'ilishida boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.