Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

jarayon

jarayon
Ilmga tayanish — tomorqadan daromad olush imkoniyatini oshiradi Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy–tadqiqot institutining Samarqand ilmiy–tajriba stansiyasida aholi tomorgalarida sabzavot ekinlari va kartoshka yetishtirish bo‘yicha hamkorlikda bir qator ishlar olib borilmog'da. Jumladan Toyloq tumani Yangi Hayot mahallasining Yangi Ravot qishlogida istiqomat qiluvchi Xurshid Omonov xonadonida 12 sotix maydonga isitilmaydigon issiqxonada ertagi muddatlarda ichki bozorlarga chiqarish maqsadida sabzi yetishtirilmoqda. Xonadon sohibiga Samarqand ilmiy–tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari tomonidan sabzi etishtirishdagi agrotexnik tadbirlar, shu jumladan o‘g‘itlash, sug‘orish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash hamda mikro va makro o‘g‘itlarni qo‘llashning samaradorligi to‘g‘risida tavsiyalar berib borilmogda. Hozirgi kunda Xurshidjon birinchi ekinni yig‘ishtirb olish arafasida. ⌛ Har sotix maydondan 400 kg tovarbop hosil chiqsa 12 sotix maydonniki 4800 kg hosil olinadi. Yangi sabzining bozorda bugungi kundagi o’rtacha narxi 8000 so‘mni tashkil qiladi. Tomorqachi esa mahsulotni kilosini 6000 so‘mdan sotganda ham 28,8 mln som daromad olishni mo'ljallamoqda. Xuddi shu kabi ikkinchi va uchinchi ekinlarni yetishtirishni ham ilmiy asosda tashkil etilib, har bir ekindan o’rtacha 20 million so’mdan daromad olinsa 12 sotix tomorqadan yiliga 60 million so'm atrofida daromad olishga erishiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.