Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

jarayon

jarayon
Bir dona urug‘lik kartoshka 15 donagacha hosil berdi Ushbu videoni biroz oldin bizga Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Buloqboshi” mahallasida istiqomat qiluvchi Muhamadali Jakbarov jo‘natdi. Gap shundaki, ushbu xonadonda Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Xonadonbay” ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda. Ilmiy loyiha doirasida tomorqada hosildorlik va daromadni oshirish maqsad qilingan. Xonadon sohibi o‘z so‘zida ilmiy loyihani amalga oshirishga bel bog‘lagan institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan. Eslatib o‘tamiz. Joriy yilda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbari Shuhrat Otajonovning tashabbusi bilan respublikada ilk bor aholi tomorqalarida tajriba-sinov tariqasida “Xonadonbay” ilmiy loyihalar amalga oshirilyapti. Maqsad, aholi tomorqalaridan olinadigan daromadni oshirishdir. Shu jumladan, yuqorida ta’kidlangan Yangiqo‘rg‘on tumanining “Buloqboshi” mahallasidagi 20 ta xonadonda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. Galdagi bosqichda takroriy ekin sifatida ilmiy muassasada yaratilgan mahalliy ekin turllari ekiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.