JARAYON

Joriy yilgi paxta hosilini qabul qilish uchun standart namunalar qabul qilindi
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovsiyalar milliy markazi tizimidagi “Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti”da O'z DSt 615:2008 "Paxta. Texnikaviy shartlar" standarti bo‘yicha 2024-yil paxta hosiliga tayyorlangan paxtaning tashqi ko‘rinish namunalari qabul qilish bo‘yicha idoralararo komissiyadan o‘tkazildi.
Komissiya tarkibigan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Standartlashtirish” markazi DM, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Paxtachilik” kengashi, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushma "Klasterlarni qo‘llab-quvvatlash" uyushmasi, Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”, "Real agro cotton" MChJ klaster paxta tozalash korxonasi, “Payariq” MChJ klaster paxta tozalash korxonasi o‘rin olgan.
Paxtaning tashqi ko‘rinish namunalari O‘zbekiston Respublikasida yetishtiriladigan seleksiya va sanoat navlari, hamda sinflari bo‘yicha organaleptik usul bilan paxtani qabul qilish paytida foydalaniladi.
Tashrif buyurgan idoralararo komissiya a’zolari tomonidan tushgan taklif va mulohazalarni inobatga olingan holda qabul qilindi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube