Jarayon

SHOLICHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA DALA KO‘RIGI BO‘LIB O‘TDI
⌛ Dala ko‘rigida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari Bahodir Eshchanov va Milliy markaz bo‘lim boshlig‘i O‘lmas Sobitov ishtirok etdi. Ko‘rik davomida institutning laboratoriyalari,, tayanch doktorantlar va stajyor tadqiqotchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Doktorantlar tomonidan tajriba maydonida sinovdan o‘tkazilayotgan sholi, soya va mosh kabi ekin turlarining yangi tizma hamda navlarining natijadorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muloqot jarayonida ilmiy izlanuvchilarning tanlagan mavzulari, olib borayotgan tadqiqot ishlari, dolzarbligi, maqsadi va vazifalari haqida batafsil ma’lumot olindi.
Milliy markaz ekspertlari doktorantlar va laboratoriyalarning ilmiy izlanish faoliyatida metodik va amaliy jihatdan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, muammo va uning
yechimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar berdilar.
Rasmiy kanalimizda Milliy markaz direktori o‘rinbosari Bahodir Eshchanovning dala ko‘rigi haqidagi intervyusini ham e’lon qilamiz. Bizni kuzatib boring!
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEBTelegram Instagram | Facebook | Youtube