Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jarayon

Jarayon
Paxta xom ashyosini qabul qilishda elektron hisobot yuritish – davr talabi Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirdi. Terib olinayotgan xom ashyo peshma-pesh paxta tozalash korxonalari va qabul maskanlariga yetkazib berilmoqda. Ta’kidlash kerakki, bugun paxtani qabul qilish ham qadimgidek oddiy tosh-taroziyu qog‘oz to‘ldirish bilan emas aksincha, ushbu jarayon elektron tarozi bilan onlayn ravishda amalga oshirilmoqda. Bunda qabul maskanida tarozidan o‘tgan har kilogramm paxtani "Agroplatforma.uz" tizimi orqali kuzatib borish mumkin. Ushbu tizimning ahamiyatli tomoni shaffoflikni ta’minlab, korrupiyaviy omillarni bartaraf etishida. Sohani raqamlashtirishdan ko‘zlanagan maqsad ham shu aslida. Bir qarashda hammasi risoladagidek, umumiy manzara ko‘ngilni to‘ldiradi. Biroq oyni etak bilan yopib bo‘lmaganidek, paxta to‘qimachilik klasterlari va ularning qabul maskanlaridagi ayrim mas’ullarning raqamli amaliyotni tushunmasligi, platforma imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalana olmayotganligi, ba’zan internet yaxshi ishlamasligi xom ashyo qabuliga oid hisobotlarda chalkashliklarni yuzaga keltirmoqda. Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov rahbarligidagi Prezident huzuridagi paxtachilik kengashi a’zolari, ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari va boshqa mutaxassislardan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Bo‘ka tumanlarida bo‘lib, qabul maskanlaridagi mavjud holatlarni o‘rgandi. Ishchi guruhning ilk manzili bo‘lgan “Real agro сotton” paxta to‘qimachilik klsteriga qarashli O‘rta Chirchiq tumanidagi Paxta tozalash zavodining korxona qoshidagi qabul maskani bo‘ldi. Yuqorida aytilganidek, bir qarashda hammasi joyida. Ammo ishchi guruhning o‘rganishi jarayonida ma’lumotlarni tizimga to‘g‘ri kiritmaslik, vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan paxtani platformaga kiritishda tushunmovchiliklar aniqlandi. Ushbu kamchilik va muammolar ishchi guruh tomonidan platforma mas’ullari bilan muloqot o‘rnatilgan holda barataf qilindi. Bo‘ka tumanidagi “Bo‘ka paxta zavodi” ga qarashli korxona qoshidagi qabul maskani 2 ta agroklaster tomonidan ijaraga olingan. Ochig‘ini aytish kerak, qabul maskanidagi mavjud holat iliq so‘zga arzimaydi. Ehtimol mulk birovniki bo‘lgani uchun asosiy maqsad qabulga qaratilgandir. Biroq qabul masalasi ham “yarq” etib ko‘ngilni yorishtirmaydi. Chunki xom ashyo kirib kelyapti, elektron tarozida tortilyapti, ammo tizimga kiritish uchun internet ishlamayapti. Ishchi guruh a’zolari mavjud holatning sabablarini to‘liq o‘rganib, muammolarni bartaraf qilish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va tushuntirishlar berdi. Ishchi guruh rahbari Shuhrat Otajonov xodimlarda malaka yetishmovchiligi, kim qanday yo‘nalishda faoliyat yuritishini bilmasligi, mas’ul javobgarning loqaydligi, ishni to‘g‘ri va shaffof tarzda olib borilmaganligi, shuningdek, mutaxassislarda hozirga qadar elektron platforma bilan ishlashda nazariy va amaliy ko‘nikmaning mutlaqo mavjud emasligini keskin tanqid ostiga oldi. – Raqamli amaliyotni puxta o‘zlashtirish paxta dalalarimizdagi hosilning aniq ko‘rsatkichlarini aniqlash, ertangi ishni to‘g‘ri rejalashtirish, iqtisodiy holatni tahlil qilish, qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan keyingi qadamlarni belgilagan holda, tizimlashtirilgan ish rejalarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Buning uchun jarayonlarning barchasi raqamli tarzda, elektron hisob-kitoblar orqali joriy etilishi zarur, – dedi o‘rganish yakunida ishchi guruh rahbari Shuhrat Otajonov Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.