Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jarayon

Jarayon
Olimlaridan bayramga tuhfa Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuxrat Otojonov va direktor o‘rinbosari Bunyod Mamaraximovlar shu kunlarda Millliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalarda bo‘lib, ilmiy jamoalarning joriy yilda qo‘lga kiritgan natijalari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishuv jarayonida ham ayni jihatlar e’tiborga olindi. Tashrif davomida “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida hamda institut olimlari tomonidan bugungi kunda ilmiy va amaliy yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar, shu bilan birga yangidan yaratilgan innovasion ishlanmalarni ko‘zdan kechirib, ularni amaliyotga joriy qilishni tezlashtirish borasida tegishli taklif va tavsiyalarini berdilar. Tanishuv jarayonida institut direktori Rajabboy Xudoquliyev mehmonlarga ilmiy jamoa tomonidan ishlab chiqilgan yangi turdagi chigit ekish seyalkasini namoyish qildi. – Ilmiy jamoamiz paxtachilikda bu yil joriy qilingan Xitoyning Shinjon tajribasi asosida chigitni 76х10 sxemada ekishga moslashgan seyalkani mahalliylashtirdi. Endi bu ekish moslamasini ishlab chiqarishni tashkil qilsak, bu turdagi texnikani chetdan xarid qilishga hojat bo‘lmaydi, – dedi ilmiy muassasa rahbari Rajabbaoy Xudoyquliyev. Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov ushbu ilmiy ishlanmaning ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, mamlakatimiz agrar sohasi uchun zarur va foydali ishlanma bo‘lishini e’tirof etdi. Tashrif so‘ngida ushbu ilmiy ishlanmani "Qishloq xo‘jaligi xodimlari" kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etiladigan hosil bayrami doirasida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada namoyish qilishni taklif qildi. Mazkur ishlanma imkoniyatlari bilan tanishmoqchi bo‘lgan kuzatuvchilarimiz orasidagi bevosita paxtachilik bilan shug‘ullanadigan olimlar, mutaxassislar va klasterlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ko‘rgazmada tanishishlari mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.