Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Janubiy Koreyada qishloq xo‘jaligi: statistika va faktlar

Janubiy Koreyada qishloq xo‘jaligi: statistika va faktlar
Koreya qishloq xo‘jaligi an’anaviy qishloq xo‘jaligidan “aqlli” qishloq xo‘jaligiga jadal sur’atda o‘tmoqda. Bu haqda https://www.statista.com/topics/5892/agriculture-in-south-korea/#editorsPicks saytida e’lon qilingan maqolada so‘z yuritilgan. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligidan olingan yalpi ichki mahsulot (YAIM) yillar davomida barqaror darajada saqlanib qoldi va umumiy YAIMning taxminan 1,75% ni tashkil etdi. Biroq, so‘nggi yillarda agrar sohaning YAIMdagi ulushi pasayishda davom etmoqda. Bu koreyslarning ovqatlanish odatlarining o‘zgarishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining haddan tashqari ko‘pligi va fermerlarning qarishi bilan izohlanadi. “Aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining paydo bo‘lishi esa qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshligini kuchaytirish uchun imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Yana bir fakt shundaki, koreyaliklarning ovqatlanish odatlari ham o‘zgarmoqda. G‘alla yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’mol qilish, jumladan, mamlakatda asosiy ekin bo‘lgan guruch iste’moli ham sezilarli darajada kamaygan. Aksincha, so‘nggi besh yilda go‘sht iste’moli ko‘payib, go‘sht importi ikki baravar oshdi. Koreya iqtisodi ishlab chiqarish va texnologiya, avtomobillar, yarimo‘tkazgichlar, neft mahsulotlari va hokazolar ishlab chiqarishga o‘tishi natijasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi yillar davomida muntazam ravishda qisqarib bordi. Statistik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, barcha fermerlarning deyarli yarmi 65 yoshdan oshgan, bu Janubiy Koreyada pensiya yoshiga to‘g‘ri keladi. Boshqa sohalarda esa atigi 16 foizga yaqin ishchilar 65 yoshdan oshgan. Koreya qishloq xo'jaligi sanoati uchun qo'shimcha imkoniyatlar bormi? Bugungi kunda Koreyada ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozor hajmi muttasil oshib bormoqda. O‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra iste’molchilarining aksariyati an’anaviy ravishda yetishtirilgan mahsulotlarga qaraganda organik oziq-ovqat uchun kamida 25 foiz ko‘proq pul to‘lashga tayyorligi aniqlangan. Demak, yaqin kelajakda organik dehqonchilik oziq-ovqat bozorida birinchi o‘ringa chiqadi. Shuningdek, 2025-yilga borib “aqlli” dehqonchilik bozori hajmi taxminan 491 million AQSh dollariga yetishi taxmin qilinmoqda. Hukumatning Koreyaning aqlli dehqonchilik modellarini boshqa mamlakatlarga eksport qilish harakatlari bilan birgalikda Koreya qishloq xo‘jaligi sanoati barqaror o‘sishda davom etishi kutilmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.