Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Janubiy Koreya tajribasi: issiqxonalarda energiya tejamkor isitish tizimlari o‘rganilmoqda

Janubiy Koreya tajribasi: issiqxonalarda energiya tejamkor isitish tizimlari o‘rganilmoqda
Ayni damda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari hamda tadbirkorlik subyektlaridan iborat delegatsiyasi Janubiy Koreyada ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. ℹTashrif doirasida Koreyaning issiqxona xo‘jaliklarida energetik barqarorlik asosida innovatsion isitish tizimlaridan foydalanish amaliyoti yaqindan o‘rganilmoqda. O‘rganilgan issiqxona xo‘jaliklarida yuqori texnologik yechimlar va resurs tejovchi usullarning samarali joriy etilgani kuzatildi. O‘rganishlar davomida issiqxona majmualarida energiya sarfini optimallashtirish va zamonaviy agrotexnologiyalardan unumli foydalanish masalalari muhokama qilinib, ekinlarni parvarishlashda isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, xalqaro me’yorlarga qat’iy rioya etish hamda rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, Janubiy Koreyaning issiqxona xo‘jaligi sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy resurs tejamkor isitish tizimlari, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida issiqxona iqlimini monitoring qilish va boshqarish mexanizmlarini o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.