jahonda

Qishloq xo'jaligida kosmik texnologiyalar
Sun’iy yo’ldoshlar, masofadan zondlash, raqamli qishloq xo’jaligi…
BMTning fikricha, kosmik texnologiyalar oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimlarini o‘zgartirib, ularni yanada samaraliroq qiladi.
Bugungi kunga kelib, kosmik texnologiyalar allaqachon ekinlarni kuzatish, qurg’oqchilik ehtimolini baholash, bozorni tahlil qilish, biomassa rivojlanishi va suv iste’molini hisoblash uchun qo’llanilmoqda. Ushbu innovatsion texnologiyalar, shuningdek, o’simliklar kasalliklarini kuzatish va hosilni bashorat qilish imkonini beradi.
Masalan, aerokosmik texnologiyalar cho’l chigirtkalarining erta paydo bo’lishi haqida ogohlantirish tizimini ishlab chiqishda foydali ekanligini isbotladi.