Istiqbol umidlari” tanlovida eng yaxshi ilmiy-tadqiqot instituti aniqlandi

2023-yil 28-oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Istiqbol umidlari” tanlovining Ilmiy-tadqiqot institutlari o'rtasida yakuniy bellashuvi o'tkazildi.
Bellashuvning ushbu bosqichida Vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlardan iborat Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh paxtakorlar”, “O‘zdavyerloyiha” ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar” hamda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh karantinchilar” jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Jamoalar 3 ta shart: “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.
Yakunda “O‘zdavyerloyiha” ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar” jamoasi 3-o‘rinni, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh paxtakorlar” jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh karantinchilar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning 1-2-3-o‘rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirildi.
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram