Iqlim o‘zgarishiga chidamli siderat ekinlarni ekish ishlari bajarildi

Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligining “Barqaror va iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Germaniya–O‘zbekiston ekspertlar muloqoti – iqlimga chidamli yem-hashak ekinlari va ularning urug‘chiligi tizimini takomillashtirish” dasturi doirasida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir “Iqlim o‘zgarishiga chidamli siderat ekinlarni sinash va tuproq unumdorligini oshirish” mavzusiga bag‘ishlandi.
ℹSeminar davomida iqlim o‘zgarishlari sharoitida qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini saqlash, siderat ekinlardan samarali foydalanish, shuningdek, oraliq ekinlar yordamida agroekotizimni barqarorlashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar muhokama qilindi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram