Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Inklyuziv issiqxonalar—bandlik va yangi imkoniyatlar sari

Inklyuziv issiqxonalar—bandlik va yangi imkoniyatlar sari
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi hamda O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda qishloq hududlarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning bandligini ta’minlash hamda zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. FAO tomonidan amalga oshirilayotgan “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay issiqxonalar orqali ijtimoiy inklyuziya va bandlikni rag‘batlantirish” loyihasi uchrashuvning asosiy mavzusi bo'ldi. Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonda SmartGreen Inclusion modeli asosida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan issiqxonalarni tashkil etish va ularni samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu yondashuv issiqxona xo‘jaligini nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish manbai, balki ijtimoiy inklyuziya, bandlik va daromad olish imkoniyatlarini kengaytiruvchi amaliy mexanizm sifatida rivojlantirishga qaratilgan. Ayniqsa, qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan shaxslar, jumladan, xotin-qizlarning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish, ularga moslashtirilgan ish o‘rinlarini yaratish hamda zamonaviy issiqxona texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, loyiha ishtirokchilarini o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, issiqxonalarni boshqarish va mahsulot yetishtirish bo‘yicha bilimlarini oshirish, agroxizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mehnat jarayonlarini ishtirokchilarning individual imkoniyatlariga moslashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlar, respublika agroxizmatlar markazlari va hududiy mutaxassislarini loyihaga jalb etish, ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida inklyuziv issiqxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda tajribalarni boshqa hududlar kesimida kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Muloqot yakunida FAO, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda respublika agroxizmatlar markazi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, loyiha doirasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish va pilot hududlarda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.