Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ilmiy_texnik_kengash

ilmiy_texnik_kengash
ILMIY TEXNIK KENGASHNING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI Bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Ilmiy-texnik kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Ishchi guruh tomonidan 8 ta muhim masala ko'rib chiqildi. Dastlab, Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti va Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlarining 2023-yilda ilmiy-innovatsion faoliyatida erishgan natijalari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Ularning natijadorligi qoniqarli deya baholandi. Xonadonbay usulda bajariladigan ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga tavsiya etish, O‘zR FA akademiklarining ilmiy loyihalarini moliyalashtirish, davlat buyurtmasi sifatida e’lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular muhokamasi, dissertasiyalar natijalari amaliyotga tatbiq etilganligi hamda maqsadli amaliy loyihalarni moliyalashtirishga tavsiya etish kabi qator muhim masalalar ham muhokama qilindi. ⌛ Milliy markaz Axborot xizmati Ilmiy-texnik kengash yig'ilishining qaynoq jarayonlaridan video-reportaj tayyorlaydi. Uni Milliy markaz sahifalarida ko'rishingiz mumkin! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.