ilmiy_texnik_kengash

Kengash yig‘ilishida muhim masalalarga yechim topildi
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Ilmiy-texnik kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Unda ishchi guruh tomonidan 8 ta muhim masala ko'rib chiqildi. Dastlab, Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlarining 2023-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati xususidagi axborotlari tinglanib, natijasiga qoniqarli baho berildi.
Shuningdek, Kengash a'zolari davlat buyurtmasi sifatida e’lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular muhokamasi, dissertasiyalar natijalari amaliyotga tatbiq etilganligi hamda maqsadli amaliy loyihalarni moliyalashtirishga tavsiya etish kabi qator muhim masalalar ham muhokama qilindi.
⌛ Milliy markaz Axborot xizmati Ilmiy-texnik kengash yig'ilishining qaynoq jarayonlaridan videoreportaj tayyorladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube