Ilmiy_tadqiqot

Hozirgi global iqlim oʻzgarishi sharoitida oʻsimliklarning abiotik stresslar yaʼni yuqori harorat, sho’rhoklik, suv tanqisligi hamda biotik stresslar ayrim fitopatogen zamburug’larga chidamliligi oʻrganish dolzarb masaladir.
Shuni inobatga olgan holda, O’simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutining Oʻsimliklar fiziologiyasi va immunitet laboratoriyasida qishloq xoʻjaligi madaniy ekinlari nav – namunalarining morfobiologik va fiziologik belgilari bo’yicha abiotik va biotik stresslarga chidamlilik xususiyatini aniqlash asosida ekinlarning bardoshli nav - namunalarini ajratishmoqda.
Xodimlar tadqiqotlarni laboratoriya sharoitida issiqqa chidamlilikni termostatda oʻsimlik turiga qarab, nazorat (25°C) va yuqori harorat (35°C) da 7 kun mobaynida oʻsimliklarning morfobiologik xususiyatlari qarab, nisbatan chidamli va chidamsiz navlarga ajratishadi. Shoʻrga chidamlilikni baholashda NaClning 1% yoki 80 mm, 120 mm, 180 mm li eritmalaridan foydalaniladi. Qurg’oqchilikka chidamlilikni baholashda saxarozaning 17,6 % yoki PEG 6000 dan foydalanib, nav namunalar ajratiladi.
Bu yil yumshoq bugʻdoyning 30 ta, soyaning 20 ta, zigʻirning 33 ta, kunjutning 31 ta, tritikalening 10 ta nav namunalar shuningdek, yangi guar oʻsimligi, oq joʻxori (sorga), kungaboqar kabi oʻsimlik nav namunalarini issiqlikka, qurgʻoqchilik va shoʻrga hamda zang kasalligiga chidamliligi laboratoriya sharoitida baholab tegishli xulosalar berishmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube