Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy_tadqiqot

Ilmiy_tadqiqot
TOLALI VA NOAN’ANAVIY EKINLAR KOLLEKSIYA NAMUNA URUG’LARI UNUVCHANLIGI QAYTA TIKLANMOQDA Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti "Texnik ekinlar genetik resurslari" bo’limi tomonidan joriy yil ish rejasiga asosan jami 600 ta, shu jumladan: g’o’zaning – 350 ta, kanopning – 58 ta, jutning – 48 ta, bamiyaning – 74 ta, krotalyariyaning – 32 ta va kanatnikning – 38 ta nav-namunalari tajriba dalalariga ekilib, kolleksiya namunalari urug’lari unuvchanligi qayta tiklanmoqda. Tajriba dalalariga ekilgan namunalarning urug’lari unuvchanligi qayta tiklash bilan birga namunalarning biologiyasi, morfologiyasi, fenologik fazalari, abiotik va biotik stress omillarga chidamliligi, hamda qimmatli xo’jalik belgilari o’rganilmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida tanlab olingan tola sifati yuqori, mahsuldor, tezpishar, kasalligiga bardoshli bo’lgan namunalar olinadi va amaliy seleksiya ishlariga donorlar sifatida tavsiya etiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.