Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ilmiy_seminar

ilmiy_seminar
URUG'CHILIKDA NAVDORLIK BOSH MEZON! O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida "Bug‘doy urug‘chilik maydonlarini aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazish hamda zang kasalliklarining bug‘doy hosildorligiga ta’siri" mavzusida ilmiy seminar bo'lib o'tdi. ⌛Seminarda urug'chilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklaridan vakillar ishtirok etdi. Urug'chilik yo'nalishida navdorlik bosh mezon ekanligi qayd etildi. -"Shu bois aprobatsiya ko‘rigini sifatli va xolis o'tkazish lozim"- deya ta'kidladi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyayev. Shuningdek bug‘doyda uchraydigan zang kasalliklari, ularning navdorligiga ta’siri, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan seminar qatnashchilariga ma’lumotlar berib o‘tildi. Seminar ishtirokchilari institutning “Dala ekinlari genetik resurslari” bo‘limida tashkil etilgan zang kasalligi bilan sun’iy kasallantirish maydonchasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar bilan ham yaqindan tanishdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.