Ilmiy_hamkorlik

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida faoliyat olib borayotgan “Sherzod hosilot”, “Saodat Abbos” va “Muazzam tozasuv” fermer xo‘jaliklarida, shuningdek, Toshkent viloyati Buka tumanida faoliyat olib borayotgan “Sarkor” va “Ozod Rustam” fermer xo‘jaliklarida hozirgi kunda olib borilayotgan bahorgi ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Institutda yaratilgan yerlarga dastlabki ishlov berish va ekish mashinalari hamda chopiq traktorlariga doir tavsiya va takliflar berildi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ekish, o‘simliklarni parvarishlash va yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirish hamda tashish ishlarini tashkil etish doir agroklaster va fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda ilmiy seminarlar o‘tkazishga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube