Ilmiy_hamkorlik

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Dehqonobod asl anori» meva-sabzavotchilik klasteri anorzorlari va 16 ga maydonda yangi tashkil etilayotgan hamda ekilayotgan anor tuplarini o‘tqazilish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Institutda yaratilgan anor tuplarini ko‘madigan va ochadigan, qator oralariga ishlov berib organik o‘g‘it soladigan mashinalar to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi.
Kelgusida anor etishtirishni mexanizasiyalashdagi muammolarni hamkorlikda echimini topish yuzasidan kelishib olindi.
Shuningdek, Boyovut innovatsion tumanida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube