Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy tavsiyalar asosida bajarilgan agrotexnik tadbirlar hosil taqdirini belgilaydi

Ilmiy tavsiyalar asosida bajarilgan agrotexnik tadbirlar hosil taqdirini belgilaydi
Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida vazir Amudaryo tumanidagi paxta maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Vazirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov hamrohlik qilmoqda. Dalalarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishgan vazir fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muloqot qilib, ayni kunlarda bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi. Ta’kidlanganidek, 1-avgustga qadar g‘o‘zani belgilangan agrobiologik ko‘rsatkichlarga to‘liq yetkazish kelgusidagi yuqori hosilning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois sug‘orish, oziqlantirish va boshqa agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida hamda ilmiy tavsiyalar asosida amalga oshirish zarurligi qayd etildi. Xususan, mikroo‘g‘itlardan to‘g‘ri va me’yorida foydalanish, ularni o‘simlikning vegetatsiya bosqichidan kelib chiqib qo‘llash bo‘yicha fermerlarga aniq tavsiyalar berildi. Vazir bunday yondashuv g‘o‘zaning sog‘lom rivojlanishi, hosildorlik va tola sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, dala madaniyatiga qat’iy rioya qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, paxta maydonlarini plastik chiqindilardan tozalash, dalalarda ekologik tozalikni ta’minlash hamda mikroplastiklarning tuproq unumdorligiga salbiy ta’sirining oldini olish har bir fermerning muhim vazifasi ekani qayd etildi. Ta’kidlanganidek, agrotexnik tadbirlarni ilmiy tavsiyalar asosida, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish mo‘l va sifatli paxta hosilini yetishtirishning eng muhim omillaridan biridir. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.