Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ILMIY-TADQIQOTDA HАMKORLIK

ILMIY-TADQIQOTDA HАMKORLIK
2023-yil 28-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi Q.Yusupov hamda Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sh.Аzizov oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Direktor Sh.Аzizov mehmonlarni institut faoliyati va olimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalarning yangi namunalari bilan tanishtirdi. Tomonlar tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish va soha oldida turgan muammolarni hamkorlikda hal etish davr talabi ekanligi, intellektual potentsialni birlashtirib qishloq xoʼjaligiga innovatsiyalarni keng tadbiq etish kerakligi toʼgʼrisida fikr bildirishdi. Tomonlar oʼrtasida yangi qishloq xoʼjalik texnikalarini ishlab chiqarishda sinash va joriy etish yuzasidan oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida memorandum imzolandi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.