ILMIY-TADQIQOT NATIJALARINI TIJORATLASHTIRISH

DAVR TALABI
Joriy yilning 14-dekabr kuni Toshkent shahri «INNO TechnoPark» binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jahon Banki “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (“MUNIS”) loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha biznes-loyihalarni grant dasturi asosida moliyalashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan seminarda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari faol ishtirok etishdi.
Dasturdan maqsad – biznes konsepsiyasi mavjud va kichik hajmdagi prototip yaratish bosqichidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish, tijoratlashtirish salohiyatiga ega bo‘lgan loyihalarni konsultatsion qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube