Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi

Ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi"Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF–40-son Farmoniga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, fundamental tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi. Farmonga asosan, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Qishloq xoʻjaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi sifatida qayta tashkil etildi. Jamgʻarmaning moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilib, uni respublika budjeti hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi belgilandi. Mazkur mablagʻlar ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy laboratoriyalar faoliyatini rivojlantirish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, Qishloq xoʻjaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre of Excellence) faoliyatini yanada rivojlantirish, uning ilmiy salohiyatini oshirish hamda zamonaviy ilmiy infratuzilmani shakllantirish boʻyicha vazifalar belgilandi. Markazda qishloq xoʻjaligining dolzarb muammolari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib borish, global iqlim oʻzgarishi va shoʻrlanishning sohaga taʼsirini ilmiy jihatdan oʻrganish, yuqori hosildor, issiqqa va qurgʻoqchilikka chidamli qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarini yaratish, shuningdek, ilmga asoslangan va amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim tizimini rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi. Farmonga muvofiq, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy xodimlarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Shuningdek, har uch yilda mustaqil tashqi ilm-fan auditi oʻtkazilib, uning natijalari asosida ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-innovatsion faoliyati reytingi shakllantirib boriladi. Ushbu chora-tadbirlar qishloq xoʻjaligida ilm-fan va innovatsiyalar salohiyatini yanada yuksaltirish, fundamental tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda sohaga ilmiy ishlanmalarni keng joriy etishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.