Ilmiy-tadqiqot institutlarida yangi navlar sinovdan o‘tkazilmoqda

ℹQishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirish, uni istiqboliga yo‘nalgan standartlarga xos agro-loyihalarni amaliyotga joriy etish bugun har qachongidan-da ahamiyatli. Shu sababli ham ayni kunlarda ushbu tizimga oid yangilanish davri kechmoqda.
Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada yuz berayotgan o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrifning navbatdagi manzili Chimboy tumanidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘ldi.
Hozirda ushbu institutga tegishli 2,5 gektar hududda turli ekinlarni o‘zida qamrab olgan 30 xil navli ekinlar demonstratsiya usulida yetishtirilmoqda. Bu jarayonda navlarning qay biri tez yetilishi, rivojlanishi, hosil berishi nazorat qilib boriladi.
Bu kabi yondashuvlar fermerlar faoliyatida yengilliklarni yuzaga keltirishi shubhasiz. Negaki, fermerlar ushbu institutda yetishtirilayotgan navlarning yetilish muddati, qaysi oyda qanday ekinni yerga qadash mumkinligi borasidagi xabardorlikka ega bo‘lishi mumkin.
Vazir ushbu sinov maydonida olib borilayotgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishar ekan, bu kabi yondashuvlar har bir iqlimiy-tadqiqot institutlarida joriy etilishini, muassasalar nazoratida bo‘lgan yer hududlaridan oqilona foydalangan holda, turli navlarni sinovdan o‘tkazib, hosil rivojini ta’minlashga qaratilgan agro-loyihalarni tatbiq etib borish lozimligini qayd etdi.
Shu bilan birga, tajriba maydonlarida qulayliklarni hosil qilish, dehqonlarda yetishtirilayotgan yangi istiqbolli navlarga oid tushunchalar to‘laqonli shakllanishi, ularni farqlay olishi uchun ekinlar orasini kengaytirish va har bir detallarga ahamiyat bilan yondashish kerakligi aytib o‘tildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram