ILMIY LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDAGI YANGI TARTIBLAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabboyev va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda ilmiy xodimlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan loyihalar tanlovini o‘tkazish, moliyalashtirish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilar qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar fikr-mulohaza va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarini qiynab kelayotgan ayrim masalalarni barataraf etish yuzasidan murojaat qildilar.
O‘z navbatida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabboyev bildirilgan har bir jo‘yali taklif qayd etilayotgani va soha ilmining taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy loyihalar qo‘llab-quvvatlanishini, bir so‘z bilan aytganda, ilmiy loyihalarni moliyalashtirishda soddalashtirilgan tartiblar joriy etilishini ta’kidladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube