Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy faoliyat bilan tanishuv

Ilmiy faoliyat bilan tanishuv
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuxrat Otajonov va direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Bunyod Mamaraximov Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Institut rahbariyati yaratilgan sharoit, laboratoriyalarning zamonaviy ilm-fan talabiga nechog‘lik javob berishiyu laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan loyihalarning ahamiyati xususida ma’lumot berishdi. Tanishuv jarayonida ilmiy faoliyat va ishlab chiqarish samaradorligi tahlil qilindi. O‘rganishlar yakunida ilmiy jamoa bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ilmiy muassasa olimlari ham o‘zlarining qimmatli fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va istiqbolli loyihalar ustida ish olib borish yuzasidan zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.