Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ilmiy faoliyat bilan tanishuv

ilmiy faoliyat bilan tanishuv
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori birinchi o‘rinbosari - ijrochi direktor Shuhrat Teshayev Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi. Shuhrat Teshayev institut faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy muassasadagi zamonaviy laboratoriyalarda o‘tkazilayotgan ilmiy tajribalar bilan bir qatorda yangidan yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish sexini ham ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, institut doktoranturasida ta’lim olayotgan yosh tadqiqotchi olimlar, doktorantlar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning innovatsion ilmiy ishlari, amaliy tajribalari bilan ham yaqindan tanishdi. Uchrashuv so‘nggida yosh tadqiqotchilarga o‘zining maslahat va tavsiyalarini berdi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.