Ilmingiz ziyosi, sabringiz va fidoyiligingiz bilan yangi avlodlar kamol topaversin!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda tizimdagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida bayram tadbirlari tashkil etildi.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda tizimda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, olimlar, ilmiy xodimlar, tajribali mutaxassislar hamda ko‘p yillik mehnati bilan yosh avlodga bilim va hayotiy tajribasini ulashib kelayotgan ustoz va murabbiylarga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Tizimdagi ilmiy muassasalarda ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi olim va mutaxassislarning ilmiy tajribasi bugungi yosh tadqiqotchilar uchun katta maktab bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bayram tadbirlarida ustozlarning sharafli va mas’uliyatli faoliyati, ilmiy izlanishlari, qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi hamda yosh mutaxassislarni tarbiyalashdagi xizmatlari e’tirof etildi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda tizimdagi barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari jamoalari nomidan barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, shogirdlaringiz kamolotidan bahramand bo‘lib yurish baxtini tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube