Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligi — yangi vazifalar belgilandi

Ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligi — yangi vazifalar belgilandi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda vazirlik tizimidagi mutasaddilar va vazir o‘rinbosarlari, hududlardagi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. ℹYig‘ilishda ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati samaradorligini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida sohadagi ishlarni yanada tizimlashtirish bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilandi. Jumladan, ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi ilmiy xodimlar faoliyatini ikki asosiy yo‘nalishga ajratish — bir guruhni fundamental ilmiy tadqiqotlarga, ikkinchi guruhni esa bevosita ishlab chiqarish ehtiyojlariga qaratilgan amaliy izlanishlarga yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, xonadonbay loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha tizimli hisobot yuritish hamda ilmiy-tadqiqot institutlari hisobchilarining kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ta’kidlanganidek, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida aniq natijadorlikka erishish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish va mavjud resurslardan samarali foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.