Ijro intizomi va tahlil yo‘nalishida o‘quv dasturi boshlandi

Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarida yig‘ma axborot, statistik tahlil hamda ijro intizomi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mas’ul xodimlar uchun o‘quv dasturi boshlandi. Uch kun davom etadigan o‘quv dasturining ochilish marosimida Qishloq xo‘jaligi vazirligi kotibiyati boshlig'i Shamshod Ergashev va istitut direktori Rustam Nizomov ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tashkil etishda yig‘ma axborot, tahliliy ma’lumotlar va ijro intizomining ahamiyati haqida to‘xtaldilar. Shuningdek, qarorlar ijrosini samarali ta’minlash, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va sohadagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
O‘quv dasturida ishtirokchilar sohada joriy etilayotgan yangiliklar, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning asosiy maqsad va vazifalari bilan tanishadilar. Shu bilan birga, insoniylik, axloq, ijodkorlik va tasavvur (HECI) yondashuvlari asosida shaxsiy hamda kasbiy rivojlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar. 28 soatlik o‘quv dasturi doirasida yig‘ma axborot va statistik tahlil, ijro intizomini ta’minlash, hujjatlar ijrosini monitoring qilish hamda zamonaviy boshqaruv usullariga bag‘ishlangan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube