Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ICBA bilan ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

ICBA bilan ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi xalqaro markazi (ICBA — International Center for Biosaline Agriculture) vakillari navbatdagi tashrifini amalga oshirdi. Tashrif doirasida institut rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qurg‘oqchil va sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda hudud sharoitiga mos ekin turlarini yetishtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ICBA mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston sharoitida tajriba tariqasida yetishtirilayotgan ayrim ekin turlari namoyish etilib, ularning o‘sish-rivojlanish xususiyatlari, hosildorlik ko‘rsatkichlari va mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvi yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida qurg‘oqchil va sho‘rlangan hududlarda suvdan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishlariga mos agrotexnologiyalarni joriy etish hamda istiqbolli ekin turlarini kengaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.