Ibrohim Abdurahmonov nomzodi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qullandi

Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonov nomzodini ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar I. Abdurahmonov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qulladilar.
Ibrohim Abdurahmonov 1975-yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan.
1992-1997-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 2001-yil AQShdagi Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.
O‘z mehnat faoliyatini 1997-yil Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida boshlagan, 2002-2012-yillarda Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari, Genom texnologiyalar markazi laboratoriyasi loyiha rahbari, 2012–2017-yillarda Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori, 2017-yilda Fanlar akademiyasi Kimyo-biologiya fanlar yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezident v.b sifatida faoliyat yuritgan.
2017-yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish vaziri, 2022-yil 30-dekabridan Ibrohim Abdurahmonov tayinlovdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat olib borgan.
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram