HURMATLI MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI!

Yurtimizda ro‘y berayotgan har bir islohot va o‘zgarishlarning ijobati sizning ziyrak nigohingiz, o‘tkir qalamingiz bilan yuksalmoqda. Siz barcha jabhada jonkuyarligingiz va xolisligingizni namoyon etib, davlatimiz ravnaqiga, sohalar rivojiga ulushingizni qo‘shib kelmoqdasiz!
Qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarning xalqqa yetib borishida, dastur va strategiyalarning bajarilishida masʼuliyatli yondashuvingiz va dadil so‘zingiz tahsinga loyiq!
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining agrar sohada faoliyat olib borayotgan 13 ta ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va xizmatlar AKIS markazi, Agrosanoatni raqamlashtirish markazi, Agroservis operator markazi kabi tizim tashkilotlari nomidan mashaqqatli va sharafli kasbingizda yuksak marralarni zabt etishingizga tilakdoshman.
Hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev.
WWW/FACEBOOK
YOUTUBE/INSTAGRAM