Hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos, serhosil va raqobatbardosh ekin navlarini yaratish, ularni sinovdan o‘tkazib ishlab chiqarishga tavsiya etish ilmiy muassasalar oldidagi muhim vazifalardan…

biri hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni yo‘nalishda erishilayotgan natijalar, yaratilayotgan yangi navlar hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida “Xorazm” telekanali ijodkorlari tomonidan maxsus ko‘rsatuv tayyorlanib, efirga uzatildi.
Ilmiy tajriba stansiyasi faoliyati va unda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan mazkur ko‘rsatuv orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube