Hududlardan_xabarlar

#Fargona
Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi Bosh direktori Alisher To'rayev, Respublika fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov hamda Farg'ona viloyat Agroxizmatlar markazi direktori Nasibjon O'razmatovlar Farg'ona viloyati Quva tumanidagi “Quva tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy” markaziga tashrif buyurdi.
Markaz qoshida tashkil etilgan IN-VITRO laboratoriyasida mevali va tok ko'chatlarini tayyorlash jarayonlari bilan tanishib, laboratoriya ilmiy xodimlariga ilmiy asoslangan tavsiyalar berdi.