Hududlardan_xabarlar

#Qashqadaryo
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida urug'lik don yetishtirilayotgan g'alla maydonlarida dala aprobatsiya ko'rigidan o'tkazish o'quv-amaliy seminari tashkil etildi. Mazkur tadbirda Respublikamizning qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan soha xodimlari ishtirok etdi. JDITI tajriba nav sinash agromaydonida yetishtirilayotgan boshoqli don ekinlarining navlari haqida hamda ulardan yuqori hosil olish bo'yicha mutaxassislardan kerakli foydali ma'lumotlarga ega bo'lishdi.