Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hududlardan_xabarlar

Hududlardan_xabarlar
NAMANGANDA CHIGIT EKISH BO'YICHA SEMINAR BO'LIB O'TDINamangan viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari 2023-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o`tkazish bo`yicha viloyat ko`rgazmali seminarida ishtirok etishdi. Ko`rgazmali seminarda chigit ekish oldidan tuproqqa ishlov berish, 76 sxemada egat olish, tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarni tanlash, ekish oldidan biostimulyatorlar bilan ishlov berish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida tavsiyalar berildi. Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda o‘ta mas’uliyat bilan ilmiy asosda yondashish mo‘l va tola sifati yuqori paxta hosili yetishtirishga zamin ekanligi ta`kidlab o`tildi. Agroxizmatlar markazi mutaxassislari chigit ekishga yer tayyorlash va dala chetlaridan unumli foydalanish bo`yicha tavsiya kitobchalar tarqatishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.