Hududlardan_xabarlar

NAVOIYDA CHIGIT EKISH ISHLARI OLIB BORILMOQDAAyni paytda Respublikamiz bo‘ylab chigit ekish jarayonlari olib borilmoqda. Barcha hududlar qatori Navoiy viloyatida ham fermer dalalarida ish qizg‘in, viloyat agroxizmatlar markazi xodimlari mazkur masalada fermarlarga yaqindan ko‘maklashmoqda. Dalalarga chiqqan holda agrotavsiyalar berib borilayapti.
Ana shunday tadbirlardan biri Karmana tumanidagi “Murodbobo” fermer xo‘jaligida tashkil etildi. Muloqot davomida chigit ekishni qulay muddatlarda oʻtkazish, urugʻni sifatli undirish, mavjud ekish, yer tayyorlash guruhlari kuchidan samarali foydalanish masalasiga eʼtibor qaratildi.
Mutaxassislar pushta olingan maydonlarda pushta usti 10–12 sm yetilishi bilan osma boronalar bilan tunda boronalash va erta tongdan ekish ishalarini amalga oshirish yaxshi natija berishini taʼkidlashdilar.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube