Hududlardan_xabarlar

#AndijonAKIS
Andijon viloyati Shahrixon tumanida viloyat Qishloq xo'jaligi boshqarmasi hamda Agroxizmatlar markazi hamkorligida "Paxta maydonlarida dastlabki agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish hamda dala chetlariga ko'chatlar ekish" bo'yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda mutaxassislar tomonidan g'o'zani dastlabki oziqlantirishda e'tibor berilishi lozim bo'lgan agrotexnik tadbirlar to'g'risida ilmiy asoslangan ma'lumotlar hamda tavsiyalar, dala chetlariga ko'chat ekishning foydalari hamda zarurati borasida tushunchalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube