Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Hududlardan_xabarlar

Hududlardan_xabarlar
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27- noyabrdagi "Qishloq xo'jaligida hosildorlikni oshirish va suvdan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi bayonida g'alladan 100 sentner don hosili yetishtirish bo'yicha topshiriq berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyatining shahar va tumanlarida "Ekishga tavsiya etilgan bug'doy navlarining potensial imkoniyatlari yuqori hosil yetishtirishda qo'llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar, begona o't, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash choralari hamda sug'orish tartiblari " mavzusida 2024-yil 15-17 yanvar kunlari seminar bo'lib o'tdi. Unda g'alla yetishtiruvchi fermer va dehqon xo'jaliklari rahbarlariga O‘simliklar karantini va himoyasi ITI va Don va dukkakli ekinlar ITI olimlari, Farg'ona viloyat Agroxizmatlar markazi AKIS xodimlari zarur tavsiya va tajribalarni aytib o'tdi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.