Hududlarda

Qishloq xo'jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi Buxoro viloyat agroxizmatlar markazi mutaxasislari O'zbekiston qahramoni, Don va dukkakli ekinlar ilmiy - tadqiqot instituti Buxoro ilmiy tajriba stansiyasi direktori, “Madaniyat Muxammad Ismat”fermer xo'jaligi rahbari Ahmedov Muxammad Ismatovich bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida mutaxasislar Ahmedov Muxammad tomonidan yaratilgan chuqur yumshatgich moslamasi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu moslamasi go'za maydonlarini 30 sm chuqurlikda yerni ekishga tayorlash vaqtida o'g'it berilib, 8-10 kultivatsiya qilish natijasida paxta hosili yuqori bo'lishi agrotexnik tadbirlar soni kamayib ishchi kuchi hamda yoqilg'i tejaladi. Qurulma 40 gektar maydonda sinalmoqda.