Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

HUDUDLARDA SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA

HUDUDLARDA SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA
Shu kunlarda  Qishloq xo'jaligi vazirligining tegishli boshqarmasi mas'ullari va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlaridan tarkib topgan ishchi guruhlar hududlarda bo'lib, boshoqli don ekinlari parvarishi bo'yicha seminarlar o'tkazmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy, Ellikqal'a va To'rtko'l tumani g'alla yetishtiruvchi klasterlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari uchun Beruniy tumanida bo'lib o'tgan seminarda Milliy markaz bo'lim boshlig'i O'lmasboy Sobitov "Hududlarda ekilgan kuzgi bug'doy navlaridan kelib chiqib yuqori hosil yetishtirishda qo'llaniladigan zamonaviy agrotexnik tadbirlar" mavzusida taqdimot qildi. Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri G'ulomjon Uzoqov esa "G'allani makro va mikro elementlar bilan boyitilgan preparatlar yordamida suspenziya usulida bargdan oziqlantirishning ahamiyati" mavzusida ishtirokchilarga  ma'lumotlar berdi. Seminarlarda g'alla yetishtiruvchi klasterlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari  g'alla parvarishi bo'yicha o'z bilim va ko'nikmalarini oshirmoqdalar. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.