Hududlarda defolyatsiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha mutaxassislarimiz dehqon va fermerlarga maslahatlar bermoqda.

Defolyatsiyaing asosiy ahamiyati:
hosilni yig‘im-terimga tayyorlaydi;
paxtaning sifati va tozaligini oshiradi;
terim jarayonini tezlashtiradi va tannarxni kamaytiradi;
g‘o‘za barglari to‘kilgach, kasallik va zararkunandalar tarqalishining oldi olinadi.
Muhimi, defolyatsiya o‘z vaqtida va me’yorida bajarilishi kerak.
Mutaxassislar tavsiyasi:
⌛ defolyatsiya hosilning 65–70 foizi pishgan davrda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq;
⌛ ob-havo quruq va iliq bo‘lishi jarayon samaradorligini oshiradi;
⌛ dorilashni ertalab yoki kechqurun, shamolsiz paytda bajarish lozim;
⌛ preparatni me’yoridan ortiq ishlatish hosil sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
WEB||Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube