Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hozirlik

Hozirlik
Energiya samaradorligi va “yashil” quvvatlardan unumli foydalanish muhokamalar markazida Yoz faslining tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi. Erta-indin boshlanadigan kuz fasli esa bir pasda qor-qirovli qishga tutashib ketadi. Shu bois qishki mavsum uchun hozirdanoq puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bugun Milliy markazda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish ham ayni mavzuga bag‘ishlandi va mavjud holat tahlil qilindi. Ma’lumot uchun aytish kerakki, bugun Milliy markaz binosidan tortib, tizimdagi barcha ilmiy muassasalarda quyosh panellari o‘rnatilib, “yashil”quvvatdan samarali foydalanilmoqda. – Biroq bu yetarli emas. Biz energiya samaradorligini faqatgina quyosh panellarini tomga o‘rnatish deb tushunmasligimiz kerak. Tizimda ishlatiladigan har bir kVt energiyani tejash choralarini ko‘rishimiz, yuqori energiya iste’mol qiluvchi chiroqlardan tortib, agregatlarimizgacha energiya tejamkor va zamonaviylariga almashtirishimiz zarur. Qolaversa, olimlarimiz qish faslida shaxsiy tomorqalarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun faqatgina quyosh nuri bilan isitilib, tunda issiqlikni saqlovchi yuqori samarali ixcham issiqxonalar konstruksiyasi ustida ishlashlari shart. Bir so‘z bilan aytganda, energiya samaradorligiga biz energiyani tejab erishamiz. Buni o‘z xonadonimizdan boshlashimiz kerak. Binolarimizda hech qanday zaruratsiz kun bo‘yi yonib turgan chiroq hamyonga ham, iqtisodga ham qanchalik zarar ekanligini anglash kerak. Zotan, tejalgan har bir kVt energiya biz uchun foyda keltiradi, – dedi Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov. Shuningdek, kengaytirilgan yig‘ilishda kuzgi-qishki mavsumni betalofat o‘tkazish uchun zarur chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Taklif va tashabbuslar tinglanib, qisqa muddatda maxsus dastur ishlab chiqish belgilandi. Ilmiy muassasalarda quyosh panellari orqali olinayotgan “yashil” quvvat nafaqat tashkilotlarning energiya xarajatlarini tejashi balki ortiqcha quvvatni sotib, energetika tizimini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishi ta’kidlandi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.