Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hosildorlikni oshirish — ilmiy yondashuv va mas’uliyatli mehnat natijasi

Hosildorlikni oshirish — ilmiy yondashuv va mas’uliyatli mehnat natijasi
Buxoro viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida Vobkent tumani hokimligi binosida videokonferensaloqa shaklida respublika seminari o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar vakillari, soha mutaxassislari hamda olimlar ishtirok etdi. Seminarda paxta yetishtirishda hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda qayd etilganidek, g‘o‘za parvarishidagi har bir agrotexnik jarayon yakuniy hosilga bevosita ta’sir qiladi. Shu bois mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, dala ishlarini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish hamda hududlarda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi. Seminarda g‘o‘zalarni belgilangan rivojlanish darajasiga yetkazish, hosilning bir maromda pishishini ta’minlash maqsadida etefon preparatini ilmiy tavsiyalar asosida qo‘llash, shuningdek sug‘orish, oziqlantirish, kultivatsiya, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish zarurligi ta’kidlandi. Muloqot davomida hududlardagi ishlar samaradorligi yuzasidan viloyat hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan fikr almashildi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori Orif Bo‘tayev yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish, chorvachilik tizimini takomillashtirish hamda nasldor chorva mollarini olib kelish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Seminarda g‘allachilik yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, kelgusi mavsum hosili uchun g‘alla ekish ishlariga tayyorgarlik, urug‘lik donni saralash, yarovizatsiya jarayonlarini o‘z vaqtida tashkil etish hamda urug‘liklarni zamonaviy omborlarda saqlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ta’kidlanganidek, zamonaviy qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishish ilm-fan, innovatsiyalar va ilg‘or agrotexnologiyalarni keng joriy etish bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois fermerlar, agronomlar va mutaxassislarning yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Seminar yakunida hududlar kesimida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, resurslardan samarali foydalanish hamda yuqori va sifatli paxta-g‘alla hosilini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.