Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hayotiy jarayonlar ildiz otishi kerak

Hayotiy jarayonlar ildiz otishi kerak
Bugun qishloq xo‘jaligida noodatiy — “teskaridan boshlanadigan” yangi yondashuv zarur: ilmiy grant faqat laboratoriyadan emas, hayotiy jarayonlar ichida amalga oshirilishi kerak. Olim loyiha yozmoqchi bo‘lsa, birinchi savol “mening texnologiyam kimning qaysi muammosini hal qiladi?” bo‘lishi lozim. U qaysi xonadonda, qaysi fermer maydonida, qaysi mahallada, qaysi suv va tuproq sharoitida sinab ko‘riladi? Faqat “mening laboratoriyam bor”, “mening tajriba stansiyam bor”, “mening mavzum qiziq” degan yondashuv endi yetarli emas. Olim dalaga chiqishi, fermer bilan gaplashishi, mahallaning tuprog‘i, suvi, mehnati, bozori va daromad imkoniyatini o‘rganishi, atrofdagi inson kapitalini baholab olishi va shundan keyin loyihani real sharoitga moslab yozishi kerak. Bu ilmni pastga tushirish emas, aslo. Aksincha, ilmni haqiqiy kuchga aylantirishdir. Chunki fermer dalasi ham laboratoriya, xonadon tomorqasi ham tajriba maydoni. Chorvachilik xonadoni, issiqxona, bog‘, baliqchilik havzasi, urug‘chilik maydoni — bularning barchasi hayotning o‘zidagi yuqori texnologik va nisbatan arzon ilmiy platforma bo‘lishi mumkin. Achchiq bo‘lsa-da, tan olish kerak: ayrim hollarda ana shu quyi bo‘g‘indagi maydonlar texnologiya, tashkilotchilik va bozorga yaqinlik jihatidan ilmiy institut va jamoalardan ilgarilab ketgan. Biz, olimlar, buni ko‘rib turib, ba’zan ko‘rmagandek bo‘lamiz. Xo‘sh, hamma birday maqsadga yetadigan yondashuv bormi? Bor, albatta. Bu dalaga bog‘langan, tomorqadan shakllangan va bozorga yo‘nalgan ilmiy tadqiqotlarning yangi zanjiridir. Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning "Yangi O‘zbekiston" gazetasida chop etilgan "Quyidan – ilm cho‘qqisiga: innovatsiyaning yangi zanjiri yoxud grant, olim, xonadon, fermer va bozorni birlashtiradigan tizim haqida" sarlavhali maqolasidan. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.